logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Fenerbaxche» Kante uchun taklif yubordi

 13 YANVAR, 2026, 06:18

Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasi tayanch yarimhimoyachisi N’Golo Kanteni tarkibiga qo'shib olishni istamoqda. Bu haqda Milliyet portali xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, «Fenerbaxche» rahbariyati ishni tezkor tarzda olib borishni rejalashtirgan. 13 yanvar kuni 34 yoshli frantsiyalik futbolchining agenti bilan uchrashuv o'tkazilishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda Kante maydonga 21 ta o'yinda tushgan (o'rtacha 87 daqiqa), 1 ta gol urgan va hali biror marta ham kartochka olmagan. Ilgari u «Chelsi» va «Lester» kabi klublarda ham to'p o'ynagan.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 4,5 million evro deb baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ