logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xabi Alonso boshqaruvidagi «Real» statistikasi

 12 YANVAR, 2026, 22:54

Ispaniyalik murabbiy Xabi Alonso «Real» klubini tark etdi. Ispaniyalik murabbiy jamoani 2025 yil yozidan boshlab boshqarib kelgan edi.

«Real» Xabi Alonso rahbarligi ostida barcha musobaqalarda jami 34 ta o'yin o'tkazdi. Ushbu o'yinlarda madridliklar 24 marta g'alaba qozondi, 4 bor durang qayd etdi va 6 marta mag'lubiyatga uchradi.

Alonso davrida «Real» safida eng ko'p maydonga tushgan futbolchi yarim himoyachi Arda Gyuler bo'ldi — 34 ta o'yin. Undan keyin hujumchi Vinisius Junior (33 ta), shuningdek, darvozabon Tibo Kurtua va yarim himoyachi Orelen Tchuameni (ikkalasi ham — 32 tadan o'yin) joy olgan.

Xabi Alonso davrida jamoaning eng sermahsul to'purari frantsiyalik Kilian Mbappe bo'ldi — 30 ta gol. Ikkinchi o'rinda ispaniyalik Gonsalo Garsiya (8 ta gol), uchinchi o'rinda esa Vinisius (7 ta) qayd etildi. «Real»ning eng yaxshi assistentlari esa Arda Gyuler va Vinisius bo'lib, ular har biri 10 tadan golli uzatma amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ