logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

WTA reytingi. Top-10`da o'zgarishlar, uchinchi raketkamiz 17 pog'ona yuqoriladi

 12 YANVAR, 2026, 16:48

Bugun Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) ham professional tennischilarning yangi haftalik reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingda bor yo'g'i ikki tennis malikamizning ko'tarilganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Uchinchi raketkamiz Polina Kudermetova 17 pog'onaga yuqorilab, roppa-rosa 150-o'ringa joylashdi. Vlada Yakshibarova uch o'ringa ko'tarildi. Birinchi hamda ikkinchi raketkalarimiz Kamilla Rahimova va Mariya Timofeeva o'tgan haftadagi o'rinlarida o'zgarishsiz qolishdi. Ular mos ravishda 91 va 138-o'rinni egallab turibdi. To'rtinchi raketkamiz Litvadan mahalliylashtirilgan Layma Vladson 2, Sevil Yuldasheva 1, Nigina Abduraimova 2, Diana Yakovleva 5 pog'onaga pastladi. Milana Maslenkova o'tgan haftadagi o'rnini saqlab qoldi.  

Dunyo tennischilarining Top-10`taligida bu hafta bir nechta o'zgarish kuzatildi. Amerikalik Koko Goff yana dunyoning uchinchi raketkasiga aylanib oldi. Aksincha, Amanda Anisimova 4-o'ringa pastladi. SHveycariyalik Belinda Benchich Top-10`ga kirdi. Reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindan polshalik Iga Svyontek joy olgan. Jasmin Paolini va Mirra Andreeva bir pog'onaga yuqoriladi. 


WTA reytingi. 12 yanvar kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 10990 ochko

2. (2) Iga SHvyontek (Polsha) - 8328

3. (4) Koko Goff (AQSH) - 6423

4. (3) Amanda Anisimova (AQSH) - 6320

5. (5) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5850

6. (6) Jessika Pegula (AQSH) - 5453

7. (8) Jasmin Paolini (Italiya) - 4267

8. (9) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4232

9. (7) Medison Kiz (AQSH) - 4003

10. (11) Belinda Benchich (SHveycariya) - 3512...


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

91 (91). Kamilla Rahimova – 802

138 (138). Mariya Timofeeva – 523

150 (167). Polina Kudermetova – 490

882 (880). Layma Vladson – 30

1067 (1070). Vlada Yakshibarova – 16  

1197 (1197). Milana Maslenkova – 11 

1277 (1276). Sevil Yuldasheva – 8

1392 (1390). Nigina Abduraimova – 5  

1482 (1477). Diana Yakovleva – 3



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ