logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Liverpul» Saloh o'rniga futbolchi tanladi

 12 YANVAR, 2026, 13:36

Muhammad Saloh kelayotgan yilda "Liverpul"ni tark etishi mumkin va mersisaydliklar allaqachon voqealarning bunday rivojiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Transfer News Live’ning TEAMtalk’ga tayanib xabar berishicha, "qizillar" safida Salohning ideal o'rinbosari sifatida "RB Leyptsig" vingeri Yan Diomande ko'rilmoqda.

Qayd etilishicha, "Liverpul" Diomandeni juda qadrlaydi. Potentsial transfer qimmatga tushadi - "RB Leyptsig" Yan 100 million evro atrofida turadi, deb hisoblamoqda.

Avvalroq, 19 yoshli Yan Diomande "Liverpul"da o'ynashni orzu qilayotgani haqida gapirgandi.

2025/2026 yilgi mavsumda Diomande "buqalar" safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ