logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rafinya: "Biz Arauxo sovrinni ko'tarishini xohladik"

 12 YANVAR, 2026, 12:48

"Barselona" futbolchisi Rafinya Dias jamoasining Ispaniya Superkubogidagi g'alabasidan so'ng jamoadoshi Ronald Arauxoni qo'llab-quvvatladi.

Yakshanba kungi finalda Xans-Diter Flik jamoasi Rafinyaning dubli evaziga "Real"ni mag'lub etdi (3:2). "El-klasiko" yakunida braziliyalik psixologik muammolar tufayli uzoq vaqtni o'tkazib yuborgan Arauxo haqida gapirdi. Urugvaylik futbolchi o'yin oxirida zaxiradan maydonga tushdi.

"Ronald jamoa uchun juda muhim, biz uni doim qo'llab-quvvatlaymiz. U og'ir davrni boshdan kechirdi. "Barselona" futbolchilariga qo'yiladigan talablarni hisobga olsak, bu juda tabiiy tuyg'u. Biz uning bu sovrinni ko'tarishini xohladik. Bu bizning muhabbatimiz va qo'llab-quvvatlashimiz belgisidir," - dedi Rafinya matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ