Laporta: "Biz buni Arauxo uchun qildik"
12 YANVAR, 2026, 11:24
"Barselona" prezidenti Joan Laporta Ispaniya Superkubogi finalida "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:2) markaziy himoyachi Ronald Arauxoni qo'llab-quvvatladi.
26 yoshli futbolchi "el-klasiko"ning eng so'nggi daqiqalarida maydonga tushib, keyin jamoadoshlari bilan birga sovrinni boshi uzra ko'tardi. Bu urugvaylik futbolchining noyabr oyi oxiridan buyon ilk bor maydonga tushishi bo'ldi - u bu vaqt davomida psixologik muammolar tufayli maydonga tushmadi.
- Biz buni Arauxo uchun qildik. Sardorimiz yana biz bilan birga bo'lishini istaymiz. U uchun juda xursandman," - dedi Laporta jurnalistlar bilan suhbatda.
