Regbi terma jamoalarimizning Los-Anjeles Olimpiadasiga yo'llanma olish imkoniyatlari muhokama qilindi
12 YANVAR, 2026, 11:16
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining majlislar zalida O'zbekiston regbi federaciyasining 2025 yil yakunlariga bag'ishlangan hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston regbi federaciyasi raisi Sodiq Safoev raisligida o'tgan konferenciyada Sport vazirligi va MOQ rahbariyati hamda boshqa masul tashkilotlarning vakillari qatnashdi.
Konferenciya davomida masul shaxslarning dolzarb yo'nalishlar bo'yicha hisobotlari tinglandi. Qolaversa, regbi-7 bo'yicha O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarining Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish imkoniyatlari, terma jamoalarning uzluksiz o'quv-mashg'ulot yig'inida ishtirok etishlarini taminlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Yig'ilish davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O'zbekiston regbi federaciyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.




Manba: olamsport.com
