logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rafinya: "Barselona" o'tgan mavsumni takrorlashi mumkin"

 12 YANVAR, 2026, 11:12

"Barselona" vingeri Rafinya Dias Ispaniya Superkubogi finalida "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoaning imkoniyatlarini baholadi.

Braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" darvozasiga dubl qayd etdi va "ko'k-anorranglilar"ga joriy mavsumdagi ilk sovrinni qo'lga kiritishga yordam berdi. Yakshanba kungi "el-klasiko" 3:2 hisobida yakunlandi.

"Biz o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatni takrorlashimiz mumkin. Ko'ryapmanki, jamoa ancha ulg'aydi va bizda yanada yaxshiroq bo'lish uchun hamma narsa bor. Biz o'tgan mavsumda erishgan yutuqlarimizni yana qo'lga kiritishga qodirmiz - bu erda raqiblardan ko'ra ko'proq bizga bog'liq. Diqqatimizni jamlaganmiz," - dedi Rafinya finaldan keyin bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, 2024/25 yilgi mavsumda "Barselona" Ispaniya Superkubogi, mamlakat kubogi va La Ligada g'olib chiqdi, Chempionlar Ligasida esa yarim finalga qadar etib bordi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ