logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arman Carukyan: "Men juda xavfliman, buni Dana biladi"

 12 YANVAR, 2026, 08:48

Engil vazn toifasi UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan promoushen nima uchun unga yanvar oyida chempionlik jangi bermaganini tushuntirdi.

"Aslida men chempionlik uchun jang qilishim kerak edi, ammo UFC menga to'g'ridan-to'g'ri aytdi: biz seni Paramount bilan bitimning birinchi kardiga qo'ya olmaymiz, chunki sen juda xavfli ekansan. Go'yoki, men tasodifan kimgadir bosh bilan zarba berishim, jangdan bosh tortishim yoki muxlisni ranjitishim ham mumkin ekan. Kutish kerakligini aytishdi", - dedi Arman bloger Adin Rossning podkastida.

Eslatib o'tamiz, 24 yanvar kuni Las-Vegasda engil vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun Peddi Pimblett va Jastin Getji o'zaro kuch sinashadi. Amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya esa oilaviy sharoiti tufayli faoliyatini vaqtincha to'xtatgan.

UFC prezidenti Dana Uayt Arman Carukyanni o'ziga berilgan imkoniyatdan foydalana olmaganlikda ayblab, endi chempionlik jangi uchun navbatga turishini aytib kelmoqda. Arman o'tgan yilning boshida Islam Maxachevga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi, ammo o'shanda u bel jarohati tufayli jangga bir kun qolganida safdan chiqqandi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ