logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» finalda «Real»ni taslim qilib, 16 karra Ispaniya Superkubogi g'olibiga aylandi

 12 YANVAR, 2026, 02:18

"Barselona" Ispaniya Superkubogi-2026 finalida "Real"ni mag'lub etdi - 3:2. O'yin Saudiya Arabistonining Jidda shahridagi "Qirol Abdulloh Sport Siti" stadionida bo'lib o'tdi.

"Ko'k-anorranglilar" safida Rafinya dubl qayd etgan bo'lsa, yana bir golni Robert Levandovski o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. "Qaymoqranglilar" safida Vinisius va Gonsalo Garsiya gol urdi.

"Barselona" o'yinni bir kishi kam bo'lib yakunladi - 90+1-daqiqada Frenki De Yong xavfli "podkat" uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.

"Barselona" ketma-ket ikkinchi va o'z tarixida 16-marta Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi. Kataloniya jamoasi bu borada rekordchi bo'lib turibdi, "Real" 13ta sovrin bilan ikkinchi o'rinda bormoqda.

Barselona - Real - 3:2

Gollar: Rafinya, 36 (1:0). Vinisius Junior, 45+2 (1:1). Levandovski, 45+4 (2:1). G. Garsiya, 45+6 (2:2). Rafinya, 73 (3:2)

Barselona: X. Garsiya, Kubarsi, E. Garsiya (Martin, 83), Balde, Kunde, Pedri, de Yong, Fermin Lopes (Olmo, 66), Rafinya (Reshford, 83), Yamal (Arauxo, 90+3), Levandovski (Torres, 66)

Real: Kurtua, Raul Asensio, Xeysen (Alaba, 76), Karreras, Valverde (Arda Gyuler, 68), Tshuameni, Bellingem, Kamavinga (Sebalos, 82), Rodrigu, Vinisius Junior (Mastantuono, 82), G. Garsiya (Mbappe, 76)

Ogohlantirishlar: E. Garsiya, 57. Pedri, 86 - Raul Asensio, 57. Valverde, 59. Karreras, 82

Chetlatish: de Yong, 90

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ