logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Shell: "Jazoir ustidan qozonilgan g'alaba haqli edi"

 11 YANVAR, 2026, 17:48

Nigeriya terma jamoasi bosh murabbiyi Erik Shell Afrika Millatlar Kubogi chorakfinalidan o'rin olgan Jazoir (2:0) ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Nigeriya terma jamoasi futbolchilari juda baxtli va men ular bilan juda faxrlanaman. Biz o'yindan haqiqiy zavq oldik. Men terma jamoaga murabbiy etib tayinlanganimdan buyon ko'p ishladim, tayyorgarlik uchun ko'p kuch sarfladik. Mening tasavvurim jamoaning harakatlarida mujassam bo'ldi va biz shu ruhda ishlashni davom ettirishimiz kerak.

Jazoir ustidan qozongan g'alabamiz haqli edi. O'yin ajoyib chiqdi va men g'alabadan juda mamnunman. Bu o'yindan keyin bizni keyingisi kutib turibdi va unga tayyorgarlik ko'ramiz. Marokash kuchli jamoa va mezbon jamoaning bosimi sezilarli bo'ladi. Marokash bilan to'qnash kelishimizdan faxrlanaman va umid qilamanki, bu eng munosib jamoa g'alaba qozonadigan yaxshi o'yin bo'ladi", - deya malilik mutaxassisning so'zlarini keltiradi turnir matbuot xizmati.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ