logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Tottenxem" "Real"ga 60 million evro to'lashga tayyor

 11 YANVAR, 2026, 17:42

Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manbaga ko'ra, futbolchining xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda. "Shporlar" allaqachon "qaymoqranglilar"ga 60 million evrolik rasmiy taklif bilan chiqqan.

Aytish kerakki, Dias joriy Afrika Millatlar Kubogida Marokash terma jamoasining eng yorqin o'yinchilaridan biri hisoblanadi. Eslatib o'tamiz, Dias 5ta gol bilan musobaqa to'purarlari poygasida peshqadamlik qilmoqda.

Bu mavsumda 26 yoshli Dias "Real" safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ