logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Manba: "Barselona", "Inter", "PSJ" va "Yuventus" Batrakovga qiziqish bildirmoqda

 11 YANVAR, 2026, 17:42

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Aleksey Batrakovga "Barselona", "Inter", "PSJ" va "Yuventus" shuningdek, "Monako" va "Portu" klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmog'ida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "temiryo'lchilar" 20 yoshli xavbek bilan 35-40 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.

Rossiyalikning "Lokomotiv" bilan shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda.

7 yanvar kuni Batrakovning agenti so'nggi paytlarda xavbekka boshqa klublardan qiziqish yo'qligini aytgandi.

Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsumda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. U "Loko" safida jami 66 ta o'yin o'tkazib, 31 ta gol va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ