logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Deku Reshfordning agenti bilan uchrashdi

 11 YANVAR, 2026, 17:36

"Barselona" sport direktori Deku Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Markus Reshfordning agenti bilan uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri sahifalaridagi xabarda aytilgan. Uchrashuv Ispaniya Superkubogi vaqtida "ko'k-anorranglilar" joylashgan mehmonxonada bo'lib o'tdi.

Manbaga ko'ra, uchrashuv "norasmiy va axborot xarakteriga ega bo'lgan". Klub tomonidan Reshfordning ijaradagi o'yinlaridan yaxshi taassurotlar olgani tasdiqlandi.

Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, "Barselona" Reshford bo'yicha yakuniy qarorga kelishga shoshilmayapti. Kataloniya klubi bunday qarorga kelishga hali erta deb hisoblamoqda. "Ko'k-anorranglilar" 28 yoshli Reshfordni "Manchester Yunayted"dan 30 million evroga sotib olish huquqiga ega.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ