logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" va "Milan" o'zaro futbolchi almashishi mumkin

 11 YANVAR, 2026, 15:48

"Milan" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik "Yuventus" himoyachisi Federiko Gattiga almashtirilishi mumkin.

Tuttosport xabariga ko'ra, ikkala klub ham allaqachon bunday ayirboshlashga qiziqish bildirgan. Ingliz "Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spallettiga yarimhimoya chizig'ida bir nechta yangi variantlarni taqdim etgan bo'lardi, markaziy himoyachini esa jamoasida "Milan" ustozi Massimiliano Allegri anchadan beri ko'rishni istamoqda. Bundan tashqari, ikkala futbolchi ham shunday almashinuv tarafdori, chunki Loftus-Chik va Gatti muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda.

Ruben Loftus-Chik 2023 yilda "Chelsi"dan 19 million evro evaziga "Milan"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Federiko Gatti 2022 yilda "Frozinone"dan 9 million evro evaziga "Yuventus"ga o'tgandi. Uning kelishuvi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ