logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

RAF 5. Romeroda mag'lubiyat, Kovingtonda g'alaba + FOTO

 11 YANVAR, 2026, 11:48

AQSHning Florida shtati Sanrayz shahridagi "Amerant Bank Arena"da Real American Freestyle promoushenining hisob bo'yicha beshinchi turniri bo'lib o'tdi.

Erkin kurash qoidalari bo'yicha o'tkazilgan RAF 5 turniri doirasida bir necha taniqli UFC jangchilari ham gilamga chiqdi. Ular orasida Arman Carukyan, Yoel Romero, Kolbi Kovington singari mashhur aralash yakkakurash ustalari ham bor edi. 

Jumladan, 48 yoshli Romero yosh kurashchi Stiven Byukenenga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Stiven muddatidan oldin 10-0 hisobida zafar quchdi. 37 yoshli Kolbi Kovington esa turnirning markaziy jangida 41 yoshli Lyuk Rokxoldni ishonchli tarzda mag'lub etdi. Jang Kovington foydasiga 12-0 hisobida yakunlandi.

Eslatib o'tamiz, oqshom doirasida Armaniston va Rossiya sharafini himoya qilayotgan engil vazn toifasi UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Carukyan  amerikalik Lens Palmerni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratdi. Arman jangchisi raqibini ustunlik bilan ortda qoldirdi va 10-0 hisobida g'alaba qozondi.




Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ