logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ravshan Haydarov: «Eron bilan ochiq futbol o'ynash qiyin edi»

 11 YANVAR, 2026, 09:18

U23 Osiyo kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasida bo'lib o'tgan Eronga qarshi uchrashuvdan so'ng O'zbekiston U21 terma jamoasi bosh murabbiy Ravshan Haydarov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Eron bilan ochiq futbol o'ynash qiyin edi. Raqibning jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib reja tuzgandik, shu bilan birga taktik jihatdan ham aniq ishlangan rejalarimiz bor edi. Uzun uzatmalar va ikkinchi zonadan ochilishlar orqali hujum qilishga harakat qildik. Kichik paslar orqali o'ynash esa pressing ostida qolib ketish xavfi ham bor edi.

Raqib himoyachilari yuqoriroq chiziqda harakat qildi. Birinchi bo'limda 2–3 ta qarshi hujum uyushtirdik. Amirbek Saidov bu rejada muhim rol o'ynadi — u raqib himoyachilarini chalg'itib, Ibraimov kabi futbolchilarga yo'l ochib berishi kerak edi.  Hech qanday qo'rquv yo'q edi. Biz tartib va intizom asosida o'yin qurishga harakat qilyapmiz va rivojlanishda davom etmoqdamiz. Bunday raqiblarga qarshi o'ynab, yanada shakllanamiz», — dedi Haydarov.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ