logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bernardu Silva uchun kurashda etakchi klub nomi ma'lum bo'ldi

 11 YANVAR, 2026, 05:30

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Shaharliklar" sardorining amaldagi shartnomasi mavsum yakunida o'z nihoyasiga etadi va uning uzaytirilishi dargumon. Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko'ra 31 yoshli futbolchi uchun kurashda ayni damda "Yuventus" etakchilik qilmoqda. Avvalroq, portugaliyalik futbolchiga "Galatasaroy" va Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Bernardu Silva 2017 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Xavbek joriy mavsum Xosep Gvardiola jamoasi safida 28 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ