Allegri Modrichning holati bo'yicha ma'lumot berdi
11 YANVAR, 2026, 05:24
"Milan" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri A Seriya 20-turidan o'rin olgan "Fiorentina"ga qarshi o'yin oldidan jamoa etakchisi Luka Modrich haqida fikr bildirdi.
«Modrich? Ko'ramiz. U asosiy tarkibda bo'ladi deb o'ylamayman. O'ylaymanki, u o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlaydi», - deya Allegrining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
"Rossonerilar" ustozi tig'iz taqvim paytida 40 yoshli xorvatiyalik futbolchiga dam bermoqchi.
