logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Afrika kubogi. Misr gollarga boy o'tgan o'yinda Kot-d'Ivuarni taslim qilib, yarim finalga yo'l oldi (videosharh)

 11 YANVAR, 2026, 05:00

Misr terma jamoasi Afrika Kubogi chorak finalida Kot-d'Ivuarni mag'lub etdi - 3:2.

Uchrashuvning 4-daqiqasida "Manchester Siti" forvardi Omar Marmush hisobni ochdi. 32-daqiqada Rami Rabia oradagi farqni ikkitaga oshirdi.

40-daqiqada ivuarliklar Ahmad Fatuxning avtogoli evaziga oradagi farqni bittaga qisqartirishdi. 52-daqiqada Muhammad Saloh oradagi farqni tikladi. Yakuniy hisobni Gela Due o'rnatdi.

Misr Afrika Kubogining yarim finaliga chiqdi va u erda Senegal bilan o'ynaydi.

Misr - Kot-dIvuar - 3:2

Gollar: Marmush, 4 (1:0). Rabia, 32 (2:0). Axmed Fatux, 40 - avtogol (2:1). Saloh, 52 (3:1). Due, 73 (3:2)

Misr: El-Shenavi, Rabia, Yasser Ibraxim, Axmed Fatux, Xani, Abdelmagid, Fati, Ateya, Ashur (Trezege, 78), Saloh, Marmush (Mostafa Moxamed, 90+2)

Kot-dIvuar: Ya. Fofana, Kossunu, N`Dika, Konan, Due, Sangare, Oulai (S. Fofana, 89), Kesse (Krasso, 70), Diomande (Ture, 89), Diallo, Gessan (Bayo, 80)

Ogohlantirishlar: Abdelmagid, 69. El-Shenavi, 90

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ