"Zenit" va "Napoli" braziliyalik yarim himoyachi uchun kurash olib bormoqda
10 YANVAR, 2026, 18:18
"Zenit" va "Napoli" "Palmeyras" hujumkor yarim himoyachisi Alan Andradeni o'z safiga qo'shib olmoqchi edi.
GE nashri xabariga ko'ra, "Zenit" 21 yoshli xavbek uchun 20+5 mln evro taklif qilgan, "Napoli" - 35+5 mln, ammo "Palmeyras" 40 milliondan ko'proq olmoqchi.
2025 yilgi mavsumda Alan 54 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi, shuningdek, jamoaning Libertadores kubogi finaliga chiqishiga yordam berdi.
