Alonso Mbappe bo'yicha so'nggi qarorni qabul qiladi
10 YANVAR, 2026, 12:24
Madridning "Real" klubi Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko'rmoqda. Xabaringiz bor, o'yin arafasida "Atletiko" bilan yarim finalni o'tkazib yuborgan hujumchi Kilian Mbappe jarohatini davoladi. Frantsuz allaqachon turnir bahslari bo'lib o'tayotgan Saudiya Arabistoniga etib kelgan.
Marca xabariga ko'ra, yaqin soatlarda jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonso yulduz hujumchini bo'lajak "klasiko"da asosiy tarkibda tushirish yoki tushirmaslikni hal qiladi.
"Real"ning "Barselona" bilan uchrashuvi 11 yanvar, yakshanba kuni bo'lib o'tadi va u Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Mbappe "qaymoqranglilar"ning avvalgi ikki o'yinida jarohat tufayli maydonga tushmagan edi.
