logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«PSJ» yulduz vingeri bo'yicha qaror qabul qildi

 10 YANVAR, 2026, 12:06

"PSJ" hujumkor yarim himoyachisi Bredli Barkolya frantsuz grandi bilan yangi mehnat shartnomasi tuzishi mumkin. Bu haqda RMC Sport jurnalistlari xabar berdi.

Vingerning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. "PSJ" bosslari Barkola bilan yangi kelishuv bo'yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi.

Avvalroq matbuotda Bredlining xizmatlariga "Liverpul" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Mersisaydliklar uning nomzodini misrlik Muhammad Saloh o'rniga ko'rib chiqmoqda. Futbolchining bozor narxi 70 million evroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Barkolya Liga 1da 14ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 5ta gol yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ