logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«France Football» Frantsiyaning 2025 yildagi eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi

 10 YANVAR, 2026, 07:42

France Football jurnali «Pari Sen-Jermen» vingeri Usmon Dembeleni Frantsiyaning 2025 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topdi.

O'tgan mavsumda Dembele «PSJ» safida Frantsiya chempionligini qo'lga kiritdi, mamlakat Kubogi va Superkubogini yutdi, shuningdek Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi hamda FIFA Qit'alararo kubogi sovrinlarini ham qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, futbolchi Frantsiya grandi bilan klublar o'rtasidagi jahon chempionati finaligacha etib bordi.

Avvalroq Usmon Dembele "France Football" talqiniga ko'ra «Oltin to'p» sohibi bo'lgan, shuningdek, 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida Globe Soccer Awards va FIFA kabi bir qator nufuzli tashkilotlar tomonidan ham e'tirof etilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ