logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Marokash Kamerunni mag'lub etdi va Afrika millatlar kubogi yarim finaliga yo'l oldi (videosharh)

 10 YANVAR, 2026, 07:24

Afrika millatlar kubogi chorak final bosqichi doirasida Kamerun va Marokash terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bellashuv Marokashning Rabot shahridagi «Prints Mulla Abdulla» stadionida bo'lib o'tdi. O'yinda Marokash futbolchilari 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisobni 26-daqiqada madridlik «Real» yarim himoyachisi Brahim Dias ochdi. Ikkinchi bo'limda, 74-daqiqada Ismoil Saybariy marokashliklar ustunligini mustahkamladi.

Shu tariqa, Marokash yarim finalda Jazoir — Nigeriya jufti g'olibi bilan to'qnash keladi.

Ma'lumot uchun, Afrika millatlar kubogi — 2025 musobaqasi Marokashda o'tkazilmoqda. Turnirda olti guruhga bo'lingan 24 ta milliy terma jamoa ishtirok etmoqda. Musobaqa 18 yanvarga qadar davom etadi. Amaldagi chempion — Kot-d’Ivuar terma jamoasi bo'lib, u 2023 yilgi finalda Nigeriyani 2:1 hisobida mag'lub etgan.

Afrika millatlar kubogi — 2025, 1/4 final
9 yanvar 2026 yil, juma. Rabot, «Prints Mulla Abdulla»
Kamerun — Marokash — 0:2
Gollar: 0:1 — Brahim Dias (26), 0:2 — Ismoil Saybariy (74)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ