logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

UFC rasman og'ir vazndagi qiziqarli jangni elon qildi + POSTER

 9 YANVAR, 2026, 23:48

21 fevral kuni AQSHning Xyuston shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night 267 turniri kardi yana bir qiziqarli jang bilan to'ldirildi.

Oqshom doirasida og'ir vazn toifasi jangchilari - Moldova vakili Sergey Spivak va  xorvatiyalik Ante Deliya oktagonda o'zaro to'qnash keladi. Ikkala og'ir vazn toifasi jangchilari ham mag'lubiyat bilan ushbu jangga qaytadi. Qizig'i, ularning har ikkisi ham dominikanlik Valdo Kortes-Akostaga yutqazgan. 

Akostadan qabul qilingan mag'lubiyatdan ikki oy oldin xorvatiyalik Deliya UFC’dagi debyutini muvaffaqiyatli o'tkazgandi. O'shanda u birinchi raundda Marchin Tiburani nokautga uchratgan edi. Spivak o'tgan yilning yanvarida birinchi raunddayoq Jailton Almeydaga texnik nokaut bilan yutqazgandi.

Ayni paytda Sergey Spivak va Ante Deliya tashkilotning og'ir vazn toifasidagi reytingida mos ravishda ettinchi hamda to'qqizinchi o'rinlarni egallab turibdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ