logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola: "U hali ham jarohatda"

 9 YANVAR, 2026, 22:18

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola vinger Oskar Bobbning holati haqidagi savolga javob berdi.

Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Bobb hali ham jamoaga yordam berishga tayyor emas.

"Bobb haligacha jarohatda. U "Brentford"ga qarshi o'yindan keyin biz bilan mashg'ulot o'tkazmadi," - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

"Manchester Siti" 17 dekabr kuni Angliya Liga kubogi doirasida "Brentford"ni qabul qildi. Aynan o'sha o'yinda Bobb jarohat oldi va birinchi bo'limdayoq zaxiraga olindi.

Ayni paytda "Manchester Siti" Angliya kubogi doirasidagi "Ekseter Siti"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoalar 10 yanvar, shanba kuni kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ