logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sportchilarimizning salomatligini yaxshilashda yangi qadam

 9 YANVAR, 2026, 22:18

Terma jamoalarimizning tibbiy ta'minotini yanada takomillashtirish maqsadida MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) qator yangi ilmiy-amaliy loyihalarni tatbiq etmoqda.

Jumladan, ayni kunlarda markazda Rossiya Federatsiyasidan taklif etilgan tajribali neyroxirurg-vertebrolog, professor Andrey Baskov ishtirokida yangi dastur asosida ishlar olib borilmoqda.

Mutaxassisning ikki kunlik tashrifi davomida mahalliy shifokorlar bilan amaliy tajriba almashish, shuningdek, ayrim holatlarda kichik jarrohlik amaliyotlarini o'tkazish rejalashtirilgan. Bugun bir qator sportchilar o'zlarini bezovta qilayotgan turli sohalardagi jarohatlar bo'yicha qimmatli maslahat va tavsiyalarni oldilar.

Shuningdek, markaz hamda sport federatsiyalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar uchun seminar tashkil etildi. Unda sportchilar salomatligini tiklash, jarohatlarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish masalalari muhokama qilindi.
R

ejaga muvofiq, ertaga RSTIAMda yaqinda faoliyat boshlagan yangi bo'limda jarrohlik amaliyotlari bo'yicha mahorat saboqlari o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ