logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Fiorentina» yangi transferni e'lon qildi

 9 YANVAR, 2026, 20:54

«Fiorentina» rasmiy sayti orqali «Atalanta» yarim himoyachisi Marko Breshianini bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi.

Tomonlar keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasi tuzishdi. Biroq muayyan shartlar bajarilgan taqdirda, sotib olish optsiyasi avtomatik tarzda faollashadi.

Marko Breshianini 25 yoshda, u «Milan» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi faoliyati davomida «Kozentsa», «Montsa», «Virtus Entella», «Frozinone» va «Atalanta» jamoalarida ham to'p surgan. Bergamoliklar safida u jami 50 ta o'yin o'tkazib, ettita gol muallifi bo'lgan. 2024 yilda Marko Italiya milliy terma jamoasida debyut qilgan va hozirga qadar ikkita o'yinda maydonga tushgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ