logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Dekabr oyi yakunlariga ko'ra A Seriyaning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

 9 YANVAR, 2026, 16:48

A Seriya matbuot xizmatining xabar berishicha, "Inter" ustozi Kristian Kivu dekabr oyi yakunlariga ko'ra Italiya chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

O'tgan oyda milanliklar A Seriya doirasida uchta o'yin o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozondi. Ruminiyalik mutaxassis shogirdlari "Komo" (4:0), "Jenoa" (2:1) va "Atalanta"ni (1:0) mag'lub etdi. Ayni paytda "Inter" 42 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Neradzurrilar" 2-o'rindagi "Milan"ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kristian Kivu "Inter"ni 2025 yilning yozida qabul qilib oldi va ikki mavsumlik shartnoma imzoladi. Ruminiyalik murabbiy 2018 yildan 2024 yilgacha "Inter"ning turli yoshdagi jamoalarini boshqargan, 2025 yilning fevralidan iyunigacha esa "Parma"da ishlagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ