logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Siti" Angliya terma jamoasi futbolchisi uchun kurashda "Arsenal" va "Liverpul"ni ortda qoldirishi mumkin

 9 YANVAR, 2026, 16:24

Angliya Premer-ligasi klublari o'z tarkiblarini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Katta ehtimol bilan top-klublardan biri joriy yilda "Kristal Pelas" vakili Mark Gexi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Jurnalist Devid Ornshteynning yozishicha, "Arsenal" uzoq vaqtdan beri Gexiga qiziqish bildirmoqda, ammo uni faqat kelasi yozda erkin agent sifatida qo'lga kiritmoqchi. "Liverpul" ham Markni yana qo'lga kiritishga urinib ko'rish uchun yozgacha kutishni afzal ko'rmoqda.

"Manchester Siti" esa himoyadagi kadrlar muammosi fonida 25 yoshli Gexini qishda o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rishi mumkin.

Nufuzli Transfermarkt portali Mark Gexini 55 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ