Sobiq UFC chempioni Bogdan Guskov bilan revansh jangini o'tkazishga tayyor
9 YANVAR, 2026, 15:00
Yarimog'ir vaznda polshalik UFC sobiq chempioni Yan Blaxovich hamyurtimiz Bogdan Guskovga qarshi kechgan jangni esga oldi."Men bu durang haqda o'ylamayman. Endi hech narsani o'zgartira olmayman. Kuchimni bunga sarflamayapman, aksincha boshqa narsalarga etibor qaratyapman. Sahifani o'girib, keyingi betga o'tishim mumkin. Ikkinchi raunddan omon qolganimdan xursandman. Bundan tashqari, men Bogdandan o'n yosh kattaman, lekin uchinchi raundda g'alaba qozonishga yaqin edim.
Keyingi jangim qachon? Tayyorgarlik ko'rish uchun 9-12 hafta vaqtim bo'lishini istayman, shuning uchun mart oyi oxiridagi turnir menga mos keladi. Jamal Xillni kutmayman. Unga ko'proq vaqt kerak. Bir nechta yigitlar bilan tugallanmagan ishlarim bor. Guskov bilan revansh jangi? Bu mantiqan to'g'ri bo'ladi", dedi Blaxovich.
Eslatib o'tamiz, Guskov va Blaxovich 2025 yilning dekabr oyida tashkil etilgan UFC 323 turnirida o'zaro jang qilishgan va o'sha bahsda durang qayd etilgandi.
Manba: olamsport.com
