logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Otabek Boymurodov — «Surxon» futbolchisi

 8 YANVAR, 2026, 20:54

«Surxon» tarkibini yosh va iqtidorli futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etmoqda. Futbol klubi 22 yoshli darvozabon Otabek Boymurodov bilan shartnoma imzoladi.

Otabek U-20 Osiyo chempioni hamda 2023 yilda yurtimizda bo'lib o'tgan turnirning eng yaxshi darvozaboni hisoblanadi. Qit'a birinchiligidagi muvaffaqiyatli ishtirok unga Argentinada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashish imkonini berdi. Ushbu musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 1/8 final bosqichigacha etib bordi.

Shuningdek, Boymurodov O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Osiyo o'yinlarining bronza medali sovrindori bo'lgan.

Klub miqyosida Otabek «Paxtakor» va «Buxoro» jamoalari sharafini himoya qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ