Maynuga APLda yangi da'vogar paydo bo'ldi
8 YANVAR, 2026, 18:48
"Manchester Yunayted" xavbeki Kobbi Maynuga APLda yangi da'vogar paydo bo'ldi. Bu haqda Football Insider yozmoqda.
Qayd etilishicha, futbolchining xizmatlariga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda. Maynu 40 mln evroga baholanmoqda. Futbolchining mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda Kobbi Maynu 13 ta uchrashuv o'tkazdi. Ularda yarim himoyachi bitta assist qayd etishga muvaffaq bo'ldi.
