logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Navbahor» Shohruhbek Abdurahmonovni o'z safiga qo'shib oldi

 8 YANVAR, 2026, 18:18

Tajribali yarim himoyachi Shohruhbek Abdurahmonov «Navbahor» bilan shartnoma imzoladi.

Shohruhbek Abdurahmonov 1999-yil 8 mart kuni Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on shahrida tug'ilgan.

Faoliyati davomida «Dinamo» (Samarqand, 2019–2021-yillar, 2022-yilning 2-davrasi), Belarusning «Energetik-BGU» (Minsk, 2022-yil), «Bunyodkor» (Toshkent, 2023-yil), «So'g'diyona» (Jizzax, 2024–2025-yillar) jamoalarida to'p surgan.

Bundan tashqari, Shohruhbek Abdurahmonov 2019-yili O'zbekiston U-23 terma jamoasi tarkibida 3 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Yakunlangan mavsumda «So'g'diyona» tarkibida Superliga va O'zbekiston kubogi bahslarida jami 17 ta o'yinda maydonga tushib, 931 daqiqa o'ynagan holda 2 ta gol muallifiga aylandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ