Semeno «Man Siti»da qaysi raqamni olishi ma'lum bo'ldi
8 YANVAR, 2026, 17:30
«Manchester Siti» Antuan Semeno transferi bo'yicha barcha ishlarni yakunladi. Ayni vaqtda Semeno biznes-jetda Manchesterga etib kelgan va tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.
Devid Ornshteynning yozishicha, «Siti» Semeno uchun «Bornmut»ga oldinroq aytilganidan kamroq summa 62,5 mln funt sterling to'laydi. Ganalik futbolchi bilan 2031 yil yozigacha bo'lgan shartnoma imzolanadi.
Antuan «Man Siti»da 42-raqamda harakat qilishi aytilmoqda. Ilgari bu raqamda Yaya Ture to'p tepgan.
