"Arsenal" yangi hujumchi sotib olmoqchi
8 YANVAR, 2026, 17:06
Londonning "Arsenal" klubi 2026 yilda yangi hujumchi sotib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Jeyms Benj xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, hujumchini sotib olish tashabbusi klub sport direktori Andrea Bertadan chiqqan. Eslatib o'tamiz, yozda "Arsenal" "Sporting"dan 27 yoshli Viktor Dyokereshni 65 million evro evaziga sotib olgan edi.
"Kanonirlar" safida shvetsiyalik hujumchi barcha turnirlarni qo'shib hisoblaganda 23 uchrashuvda ettita gol urdi.
Ayni paytda "Arsenal" Premer-liga turnir jadvalida 48 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'lib, peshqadamlik qilmoqda. Mikel Arteta jamoasi eng yaqin ta'qibchisidan 5 ochkoga ortda qolmoqda.
