logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Latsio" "Ayaks" yarim himoyachisini sotib oladi

 8 YANVAR, 2026, 16:24

Amsterdamning "Ayaks" klubi xavbeki, 23 yoshli Kennet Teylor faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

Jurnalistning yozishicha, futbolchini Rimning "Latsio" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Potentsial bitim summasi 15 million evroga baholanmoqda. Yana ikki million bonus sifatida to'lanishi mumkin.

Teylorning "burgutlar" bilan shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan. 9 yanvar kuni u Rimda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Joriy mavsumning birinchi yarmida Kennet 19 ta uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ