Opta superkompyuteri Afrika Millatlar Kubogining chorak final oldidan favoritni aniqladi
8 YANVAR, 2026, 16:18
Opta superkompyuteri 1/4 final oldidan jamoalarning Afrika Millatlar Kubogida g'alaba qozonish imkoniyatlarini aniqladi. Bu haqda Opta Analyst X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Afrika Millatlar Kubogi - 2025 g'olibligi uchun eng katta imkoniyatlar:
Marokash - 23,3%;
2. Senegal - 16,6%;
3. Jazoir - 13,9%;
Nigeriya - 12%;
5. Misr - 11,8%.
Afrika Millatlar Kubogi 1/4 final jadvali:
9 yanvar, 19:00. Mali - Senegal;
9 yanvar, 22:00. Kamerun - Marokash;
10 yanvar, 19:00. Jazoir - Nigeriya;
10 yanvar, 22:00. Misr - Kot-d'Ivuar.
2025 yilgi Afrika Millatlar Kubogi Marokashda bo'lib o'tadi. Musobaqada 24 ta terma jamoa 6 ta guruhga bo'lingan holda ishtirok etdi. Turnir 18 yanvarga qadar davom etadi. Afrika Millatlar Kubogining amaldagi g'olibi 2023-yilgi turnir finalida Nigeriyani 2:1 hisobida mag'lub etgan Kot-d'Ivuar terma jamoasi hisoblanadi.