logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Arsenal" "Real" futbolchisini kuzatishda davom etmoqda

 8 YANVAR, 2026, 15:42

Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Arda Gyuler Londonning "Arsenal" klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konur tarqatgan xabarga ko'ra "kanonirlar" 20 yoshli turkiyalik yarim himoyachini diqqat bilan kuzatmoqda. Tez orada ingliz grandi "Real"ga Gulerni sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo'yicha taklif bilan chiqishi mumkin. Qayd etilishicha, "Real" xavbekni qo'yib yuborish yoki yubormaslik borasida hali bir qarorga kelmagan.

Gyuler bu mavsumda barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Gyulerning narxi 90 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ