Qozog'istonlik Batir Jukembaev O'zbekistondagi bo'lajak jang oldidan muxlislarga murojaat qildi
8 YANVAR, 2026, 15:00
Qozog'istonlik bokschi Batir Jukembaev (24-1, 17 KO) O'zbekistonda bo'lib o'tadigan navbatdagi jangi oldidan muxlislariga murojaat qildi va bo'lajak to'qnashuv haqida fikr bildirdi.Eslatib o'tamiz, u 9 may kuni Toshkentda "Humo Arena"da SHohjahon Ergashevga qarshi jang qiladi.
"Assalomu alaykum! Kechagi yangiliklarni eshitdinglar. Alloh xohlasa, yaxshi jang bo'ladi. Biz maksimal darajada tayyor holda ringga chiqishga harakat qilamiz. Allohning yordami bilan tayyor bo'lamiz, inshalloh. Sizlarning qo'llab-quvvatlashingiz bizga etarli bo'ladi. Biz o'z ishimizni qilamiz. Alloh xohlasa, ishonamanki, yaxshi, ajoyib jang bo'ladi, inshalloh", — dedi bokschi Instagram’da.
Manba: olamsport.com
