logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta "Arsenal" loyihasi uchun ayni muddao bo'ladigan futbolchini topdi

 8 YANVAR, 2026, 13:24

"Nyukasl" qanot himoyachisi Tino Livramento Londonning "Arsenal" klubining asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi. Bu haqda Football Transfers xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Arsenal" futbolchini qishda qo'lga kiritishga harakat qiladimi yoki transferni yozga qoldiradimi, hozircha aniq emas. Qayd etilishicha, "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta va klub sport direktori Andrea Berta 23 yoshli futbolchini loyiha uchun ayni muddao deb hisoblamoqda.

Joriy mavsumda Livramento barcha musobaqalarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 40 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ