logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xyurtseler APLda Gvardiolaga qarshi dastlabki to'rtta o'yinda yutqazmagan yagona murabbiy hisoblanadi

 8 YANVAR, 2026, 12:24

Angliya Premer-ligasining 21-turi doirasida "Manchester Siti" o'z maydonida "Brayton"ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

Aytish kerakki, 32 yoshli Fabian Xyurtseler "Brayton" bosh murabbiyi etib tayinlanganidan buyon biror marta Xosep Gvardiola jamoasiga yutqazmagan. Premer-liga doirasidagi 4 ta o'zaro o'yinda "Brayton" ikki marta "Manchester Siti"ni mag'lub etgan va shuncha durang qayd etgan.

OptaJoe’ning ta'kidlashicha, Xyurtseler Angliya chempionatida Gvardiolaga qarshi dastlabki to'rtta uchrashuvda yutqazmagan tarixdagi ilk murabbiy hisoblanadi.

Ayni vaqtda "Manchester Siti" APL turnir jadvalida 21 o'yinda 43 ochko jamg'argan holda 2-o'rinda bormoqda. "Brayton" 29 ochko bilan 11-pog'onada bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ