logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sergey Fomin yarim final ostonasida qoqildi

 8 YANVAR, 2026, 11:32

Tailandning Nontxaburi shahrida tennis bo'yicha ATP tasnifiga kiruvchi "CHellenjer" turniri davom etmoqda.

Afsuski, musobaqada ishtirok etayotgan O'zbekistonning birinchi raketkasi chorak finalda o'z yurishini to'xtaldi. Nimchorak finalda reytingda o'zidan yuqorida borayotgan franciyalik Rober Bertrandni mag'lub (6/3, 6/4) etishni uddasidan chiqqan Fomin bu safar o'zidan quyidagi raqibga yutqazdi. 

Hozirgina yakuniga etgan chorak final bahsida u chexiyalik 30 yoshli Marek Gengelga 1/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ikkinchi setning o'zi to'pni o'zi o'yinga kiritgan 10-geymidan unumli foydalani olmadi va buning natijasida kambek amalga oshmadi. 

Malumot uchun, 24 yashar Sergey Fomin ayni paytda dunyo reytingida 340, Gengel esa 415-o'rinni egallab turibdi. Oltmish olti daqiqa davom etgan uchrashuv davomida Sergey 3, Marke 7 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Ikkala tennischi ham ikkitadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ