Romero: "Bunday paytlarda rahbariyat gapirishi kerak"
8 YANVAR, 2026, 09:42
Chorshanba kuni "Tottenxem" Premer-liganing 21-turida "Bornmut"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Yana bir muvaffaqiyatsizlikdan so'ng, "shporlar" turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda. O'yindan so'ng "Tottenxem" sardori Kristian Romero klub rahbariyatini qattiq tanqid qildi.
"Bunday paytlarda rahbariyat gapirishi kerak, lekin ular jim - bu bir necha yillardan beri kuzatiladi.
Ular faqat hamma narsa yaxshi ketayotganda paydo bo'lishadi, keyin yana yolg'on gapirishadi", - dedi Romero.
