logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kudermetova reytingda o'zidan yuqoridagi raqibasini 47 daqiqada sochib tashladi

 8 YANVAR, 2026, 08:48

O'zbekistonning uchinchi raketkasi Polina Kudermetova Avstraliyadagi turnirning 1/2 finaliga yo'l oldi.

U bugun tongda Kanberra shahrida o'tkazilayotgan WTA 125 toifasiga kiruvchi turnirning 1/4 final bosqichida ham g'alabaga erishdi. 22 yashar Polinaga chorak final bosqichida xitoylik 27 yoshli Yuan Yue raqiblik qildi. 

Bor yo'g'i 47 daqiqa davom etgan uchrashuvda CHin yurti vakilasini 6/1, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi bo'ldi. Uch yil avval Niderlandiyada o'tgan ilk bahsda ham Kudermetova g'alaba qozongandi. Bugungi uchrashuvda Polina 2, Yuan 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar bo'yicha xitoylik tennischi mutlaq ustunlik qildi - 3 ga 0.  

Malumot uchun, Polina Kudermetova ayni paytda WTA reytingida 167, Yuan Yue esa 135-o'rinni egallab turibdi. Turnirda uchinchi raqam ostida tasniflangan tennischimizning 1/2 finaldagi raqibasi ayni daqiqalarda davom etayotgan uchrashuvda aniqlanadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ