logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Given: "Frank yaxshi ko'rinmayapti"

 8 YANVAR, 2026, 07:12

"Nyukasl" va "Manchester Siti" klublarining sobiq darvozaboni Shey Given "Tottenxem" ustozi Tomas Frank bilan sodir bo'layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatmoqda.

"Frank juda yomon ko'rinyapti, u tabassum qilmayapti. Mana, top-klubda ishlash nima qiladi. U xotirjam uyga borib, sakkiz soat uxlay olmaydi, tun bo'yi to'lg'anib, qiyin o'ylardan uyg'onishi, keyingi mashg'ulot, o'yin, inqirozdan chiqish yo'llarini o'ylashi kerak bo'ladi", - deya sobiq darvozabonning so'zlarini keltiradi BBC Sport.

"Tottenxem" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida o'n to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ