logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Valexo: "Real" darvozasiga urilgan golni nishonlamayman"

 8 YANVAR, 2026, 06:48

"Albasete" markaziy himoyachisi Xesus Valexo Madridning "Real" klubiga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

Uchrashuv 15 yanvar kuni Ispaniya kubogining 1/8 final bosqichi doirasida bo'lib o'tadi. Valexo uchun o'yin o'zgacha bo'ladi: u o'n yil davomida "qaymoqranglilar"ga tegishli bo'lgan.

"Oxirgi daqiqada gol ursam ham "Real" darvozasiga gol urganimni nishonlamasligimni aniq bilaman. "Saragosa" yoki "Granada"ga qarshi o'yinda ham shunday bo'lardi - bayram qilmasdim. Baxtli bo'lgan sobiq jamoalarni hurmat qilish kerak", - deya 29 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi Madrid Universal.

Xesus Valexo sermahsullik bilan mashhur emas: u butun professional faoliyati davomida uchta gol urgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ