Fermin "Atletik"ka qarshi o'yin 1-bo'limida 3 ta golda qatnashdi
8 YANVAR, 2026, 00:54
Ispaniya Superkubogi yarim finalining birinchi bo'limida Fermin Lopes uchta samarali harakatni amalga oshirdi.
"Barselona" yarim himoyachisi "Atletik" bilan o'yinning 22 va 34-daqiqalarida golli uzatmalarni amalga oshirdi, 30-daqiqada esa o'zi gol urdi.
Avvalgi o'yinda "Espanol"ga qarshi o'yinda (2:0) Fermin ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
