Gasperini A Seriyada 1000 ochko to'plashga erishgan 3-murabbiyga aylandi
7 YANVAR, 2026, 12:30
Jan Pero Gasperini murabbiy sifatida A Seriyada 1000 ochko to'pladi.
Kecha Gasperini boshchiligidagi "Roma" Italiya chempionatining 19-turida "Lechche"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Gasperini A Seriyada 1994/95 yilgi mavsumdan beri bu ko'rsatkichga erishgan uchinchi murabbiy bo'ldi. Bungacha faqat Massimiliano Allegri (1050) va Luchano Spalletti (1014) bunga erishgandi.
